Stacor Tankguard — poʻlat va beton uchun epoksid smola asosidagi ikki komponentli qoplama. Qoplama mexanik va kimyoviy taʼsirlarga kimyoviy chidamli, yeyilishga bardoshli, tebranish va zarbalarga chidamli.
— yuqori quruq qoldiq
— materialning kam sarfi
— agressiv muhitlarda aʼlo darajadagi korroziyaga chidamlilik
— bir qatlamda 500 mkm gacha qoplash
— tez quriydi
— oson qoplanadi
— Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan
STACOR TANKGUARD asosan yonuvchi suyuqliklarni (neft, neft mahsulotlari, benzin, Jet A1 aviatsiya yoqilgʻisi, vakuum gazoyli, dizel yoqilgʻisi) saqlash uchun poʻlat va beton rezervuarlar, siloslar, konteynerlar, quvurlar va kimyo sanoatidagi poʻlat qabul qiluvchi (tutib qoluvchi) idishlarning ichki qoplamasi sifatida ishlatiladi.